Metr

Article in other languages:

Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον — o'lchov) — SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.

Mundarija

Hosil bo'ladigan birliklar

Pikometr

Pikometr (belgilanishi: pm) — 10-12 metrga teng. Masalan: Gyeliy atomi radiusi 31 pm.

Nanometr

Nanometr (belgilanishi: nm) — 10-9 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliarddan bir qismi. Masalan: Qattiq jismlardagi atomlar orasidagi masofa nanonetrlarda o'lchanadi.

Mikrometr

Mikrometr (belgilanishi: µm) — 10-6 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliondan bir qismi. Masalan: Shudring tomchisi taxminan 10 µm ga teng.

Millimetr

Millimetr (belgilanishi: mm) — 10-3 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning mingdan bir qismi. Masalan: Muhandislik loyiha va inshootlarida, meteorologiyada va boshq.

Santimetr

Santimetr (belgilanishi: sm) — 10-2 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning yuzdan bir qismi.

Detsimetr

Detsimetr (belgilanishi: dm) — 10-1 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning o'ndan bir qismi.

Kilometr

Kilometr (belgilanishi: km) — 103 metrga teng. Masalan: Transportlarda odatda bosib o'tilgan masofa kilometrlarda o'lchanadi.

Tarixi

1890-1960 yillarda foydalanilgan xalqaro metr etaloni
  • 1790 yil 8-may — frantsuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1 metr — 1 soniyada 45° burchak ostida tebranayotgan yarim davrli mayatnik uzunligiga teng qilib olindi.
  • 1791 yil 30-mart — frantsuz milliy qurultoyi, frantsuz fanlar akademiyasi talabiga binoan, 1 metr — Parij meridianining 40 milliondan bir qismiga teng deb olindi.
  • 1795 yil — vaqtinchalik latundan metr etalonini yasalishi.
  • 1799 yil 10-dekabr — frantsuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1799 yil 23-iyulda qayta yasalgan metr etaloni tugallangan nusxa hisoblanib davlat arxiviga joylashtirildi.
  • 1889 yil 28-sentabr — birincha xalqaro qurultoy (CGPM)
  • 1927 yil 6-oktabr — yettinchi xalqaro qurultoy (CGPM) Metr etalonining yanada aniqroq nusxasi. Bu etalonning ko'ndalang kesimi yuzasi «X» shaklida bo'lib, platina va iridiy qorishmasidan tayyorlangan.
  • 1960 yil 20-oktabr — 11-xalqaro qurultoy (CGPM): 1 metr — vakuumda nurlangan kripton-86 izotopi to'lqin uzunligining 1650763,73 ga ko'paytmasiga teng deb belgilandi.
  • 1983 yil 21-oktabr — 17-xalqaro qurultoy (CGPM):

Qiziqarli ma'lumotlar

Havolalar

Questions for article: 1 atometr=?, atometr, histore meter, platinoiridiová, platinoiridiová ty?, sevres and etalon and metr, zetametr

This article is from Wikipedia. All text is available under the terms of the GNU Free Documentation License.


IHS Europe: Infrared Heating Systems for Home and Business.